Juda qadimiy o’yin odatlarimizdan biri kurashdir. Bu o’yin-odat haqida sizlar uchun quyidagi ma’lumotlarni berishga harakat qildik: Kurash o’yinimiz, hayriyatki, yo’qolib, izsiz ketgan udumlarimiz qatoriga kirmay qolgan. Buning sababi, obrazli qilib aytganda, har birzamon ayniqsa, bizning zamonamizda kundalik turmush, hayot kechirishning o’zi kurashdan iborat bo’libqolganligi tufayli shunday bo’lgandir… Kurash – qadimiy va erkin kurash turlariga bo’linadi. Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi qadar uzundir. Kurash bizning xalqimiz paydo bo’lib, taraqqiyot yo’liga kirganidan buyon tarkib topib, rivojlanib, takomillashib bordi. Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport turi sifatida qayd etamiz. Aslida esa bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog’I bo’lib, uning taqdiri-a’molini belgilagan. Qadimda yalpi qirg’in, o’lim qurollari bo’lmagan paytlarda, pahlovonlar u yoki bu xalq, qo’shin, katta lashkar g’alabasini, bu bilan esa shu podsholikning taqdirini hal qilganlar. Polvonlik bitta-ikkita shaxs misolida emas, umumxalq siymosida ommalashgan. Yaxshi chavandozlik, kamondan bexato o’q otish, chapdastlik bilan qilich chopish, epchillik, jasurlik, tantilik va mardlik, halollik kurashchilarning bosh fazilatlari sanalgan. Qadim davrlarda nafaqat erkaklar, turkiy xalqlar tarixida xotin-qizlar ham urash tushishgan. Yigit va qizlarningbalog’atga etib, turmish qurishlaridagi asosiy shartlardan biri turmushga chiqadiganqiz avvaloo’z tengdoshlaridan besh-oltitasini ko’pchilik oldidagi halol kurashda engishi, yiqitishitalab qilingan. Bu jarayondushman lashkarliribilan hayot-mamot janglari ketayotgan paytda turmush qurmoqchi bo’lgan qiz dushman navkarlaridan besh-oltitasini o’ldirib, kallasini onaboshiga keltirib ko’rsatishi talab qilingan. Ana shu shartlardan keyingina oila qurayotganqiz bir yostiqqa bosh qo’yadigan yigiti bilan bel olishgan. Bo’lajak er bilan kurashda teng bo’lsagina u bilan oila qurish huquqiga ega bo’lgan. Bu shartlar qadimiy tabiytanlanishdan kelib chiqqan bo’lib, sog’lomturmush va qudratli oila qurishning, uning kelajagining bosh omili bo’lgan. Mana shunday oilalardan ham jisman, ham ma’nan barkamol o’g’il-qizlar tug’ilgan. Ular Vatan himoyasidasobit turganlar. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashlarida bosh bo’lganlar. Alpomishu Go’ro’g’lilar, Avazxonu Ravshanxonlar, Oybarchinu Qaldirg’ochlar, Kenja botiru Oyparilar ana shu singari yoshlar, Vatan fidoyilarining timsoli sanalgan.
O’zingiz to’y-tomoshalarda, oynai jahon va kinofil’mlarda ikki polvonning davra o’rtasida xalq olqishida kurash tushib turishganining guvohi bo’lgan bo’lishingiz mumkin. Ayniqsa, bu odat qishloqlarimizda hamon an’anaviy ravishda davom etib kelayotganligi kishini quvontiradi. Bundan polvonlar kurashi O’zbekistonda ikki toifaga bo’linadi. Bular Buxoracha kurash va Farg’onacha kurashturlaridir. Bu ikki toifa kurash o’ziga xos jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu farqlar kurash shartlari, polvoning kiyinishi, xalqimizning hududiy bo’linishi va mazkur aholining tabiati, ruhiyati, urf-odati, udumlari bilan chambarchas bog’lanib ketgandir. Farg’onacha kurashda polvonlar to’n kiyib, belbog’ bog’lab, bir-birlarining bellaridan ikkala qo’l bilan ushlagan holda maydonda musobaqalashadilar. Bu kurash usuli qadimiy turga juda yaqin bo’lib, unda raqiblar bir-biriga nisbatan kuch ishlatib, polvon oyog’ini to’shakdan uzib, so’ng xohlagan tomonga yiqitishlari mumkin. Bu usulda chalish, qaytarish, yonboshga olish, elkadan oshirish, boshdan oshirish usullari taqiqlanadi. Shu bilan birga, raqiblar butun olishuv davomida qo’llarini qo’yib yuborishlari ham mumkin emas. Buxoracha kurashda esa polvonlar kalta to’n kiyib, belbog’ bo’glab, kurash maydoniga tushadilar. Bu usul erkin kurash usullariga juda yaqin turadi. Unda chalish, qayirish, elkadan oshirib otish kabi usullarga ruxsat beriladi. Bu usulda Kurash tushganda raqibning kuragini bir zumga erga tekkizib turgan polvon g’olib sanaladi.
O’zbeklarda qadimdan ne-ne polvonlarning dong’i ketgmagan. Biz o’z zamonamizda ham jahon polvonlari Xushvaqt Ro’ziqulov, Jalol Ro’ziqulov, Norqobil Yoldoshev, Syfiddin Hodiyev, Sobir Ro’ziyev, Mahmadali polvon, Bozorboy polvon singari hanyurt-zamondoshlarimiz bilan faxrlanamiz. Kurash haqida ko’p asarlar yozilgan. Ana shunday she’rlardan birini o’qib ko’rishni sizlarga ham tafsiya etmoqchiman. Bu she’r “Kurash” deb ataladi. Xalqimizning urfu udumlari haqidagi bu samimiy satrlar ham iste’dodli shoir Jamshidnikidir. O’zbekiston tarixida Po’lkan shoirni kuylatgan “Namozdayin bir zo’r o’tdi jahonda”. Namoz botir deganda chor general gubernatorlari zir titragan. Mashhur polvonning boshiga bir qop oltin garov qo’yishganligini sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To’xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi” tarixiy romanidan o’qish mumkin. Qardosh-jondosh qozoq xalqining Hojimuqoni o’bek birodariga ham o’z jigariday yaqin, Hojimuqonning yapon polvoni bilan olishib, ko’rsatgan qahramonligi vatan sha’nini himoya qilib, dunyoning zo’r polvoni nomini olishi hamon O’rta Osiyo xalqlarini to’lqinlantiradi…Bu haqda mashxur qozoq adibi Sobit Muqonovning “Cho’loq polvon” povesti o’zbek adibi Nosir Fozilov tarjimasida kitobxon ommasiga etkazib berilgan. Fil sichqondan qo’rqqanday, Hojimuqon ham sichqonni ko’rsa, toqat qilolmay qolar ekan… Kurash odati asosan sayil va bayramlarda, turli tantanalarda, katta- kichik to’ylarda amalga oshiriladi. Buning o’z tartib-qoidalari bo’lgan, albatta. Kurashni o’rtadagi kayvoni- hakam rahbarligida eng oldin kichik bolalar, so’ng o’smirlar, o’spirinlar o’z tengqurlari bilan olishib, boshlab berishgan. Undan keyin esa davraga er etgan yosh yigitlar tushishgan. Mana shu dan keyinfina haqiqiy pahlavonlar, el orasida mashhur bo’lgan polvonlar qafas olishgan. Aksincha, boshqa hollarda davra kurashini avval oppoq soqolli chollar, keksa polvonlar boshlab berib, so’ng navbatni keyingi avlodlargaberishgan. Katta odat qobig’idagibu kichik odat, avvalo, tarbiyaviy, ta’limiy ahamiyat kasb etgan.
Ayrimlar kurashning jismoniy chiniqish turi sifatidagi zamonaviy rang-barangusullaridan ham yaxshi xabardor bo’lishlari mumkin. Hozirda bizning kurash san’atimizda Ovrupo, Osiyo, O’rta O’siyo va umuman Sharq mamlakatlari, kurash tushish shart-sharoitlari, o’yinining qonun-qoidalari ham rang-barangdir. Ayniqsa, osiyocha usul-yapon va xitoylarning kurashturlari hozirgi yoshlar orasida juda mashhurlashib boryapti. Karate-do, taekvon-do, u-shu, ay-ki-do, kung-fu, jiu-jitsu singari osiyocha kurash turlari xuddi qadimgi davrlardagidek o’zek bolalarining ham sevimli kurash usullariga kirib bormoqda.